Qanday ishlaydi

Delot'da har bir savdo kafolatli: xaridor puli platformada band turadi, sotuvchi aktivni topshiradi, xaridor tasdiqlagach pul sotuvchiga o'tadi.

Sotuvchilar uchun

  1. 1

    Kiring

    Telefon raqamingizni kiriting — bir martalik kod Delot Telegram botiga keladi. Parol kerak emas.

  2. 2

    E'lon yarating

    Kategoriyani tanlang, narxni belgilang yoki auksion oching, tavsif va rasm qo'shing. Startup sotish uchun avval shaxsingizni tasdiqlaysiz (KYC).

  3. 3

    Egalik havolasini joylang

    E'lon sahifasida noyob havola beriladi: delot.uz/l/<kod>/. Uni aktivning bio, kanal tavsifi, bot ma'lumoti, YouTube tavsifi yoki saytingizga qo'ying va «Tekshirish» tugmasini bosing.

  4. 4

    Moderatsiya

    Administrator havolani va e'lonni tekshiradi, so'ng e'lon faollashadi. Havolani savdo tugaguncha olib tashlamang.

  5. 5

    Aktivni topshiring

    Xaridor topilganda uning puli platformada band qilinadi. 48 soat ichida aktivni topshiring va «Topshirdim» tugmasini bosing.

  6. 6

    Pulingizni oling

    Xaridor tasdiqlagach (yoki 72 soat o'tgach) summa 5% komissiya ushlab qolingan holda hamyoningizga tushadi. Uni yechib olish uchun so'rov yuborasiz.

Xaridorlar uchun

  1. 1

    Hamyonni to'ldiring

    To'ldirish so'rovini yuboring — administrator to'lovni tasdiqlagach balansingiz yangilanadi.

  2. 2

    Aktivni tanlang

    «Tasdiqlangan» belgisi egalik tekshirilganini bildiradi. Startupning maxfiy ma'lumotlarini ko'rish uchun NDA'ni qabul qilasiz.

  3. 3

    Stavka qo'ying yoki sotib oling

    Auksionda stavka qo'ying yoki avtostavka belgilang, belgilangan narxda darhol sotib oling yoki o'z narxingizni taklif qiling. Summa hamyoningizda band qilinadi.

  4. 4

    Aktivni qabul qiling

    Savdo sahifasidagi chatda sotuvchi bilan topshirish vaqtini kelishing va aktiv haqiqatan sizga o'tganini tekshiring.

  5. 5

    Tasdiqlang yoki nizo oching

    Hammasi joyida bo'lsa «Qabul qildim» tugmasini bosing. Muammo bo'lsa 72 soat ichida nizo oching — administrator hal qiladi.

Muddatlar va komissiya

  • Sotuvchi aktivni 48 soat ichida topshiradi, aks holda pul xaridorga qaytariladi.
  • Xaridor 72 soat ichida tasdiqlaydi yoki nizo ochadi, aks holda savdo avtomatik yakunlanadi.
  • Komissiya — savdo narxining 5%, faqat muvaffaqiyatli savdodan va faqat sotuvchidan olinadi.
  • Auksion oxirgi 5 daqiqada stavka tushsa, 5 daqiqaga uzaytiriladi.

Batafsil shartlar: Ommaviy oferta · Ko'p so'raladigan savollar